Abituryentlar uchun yo'nalishlar

30711601-Avtomobillarni taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish

bu yo'nalishni o'qigan talabalar avtomobillarni ta'mirlash, diagnostika qilish va texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha mutaxassis bo'lib yetishadi. Ular avtomexanik, avtoelektrik yoki diagnostika mutahassisi kabi kasblarni egallab, avtomobilsozlik va servis xizmatlari sohasida faoliyat yuritishlari mumkin.

30610401-Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari

bu yo‘nalishni o‘qigan talabalar kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari va multimedia tizimlari bo‘yicha mutaxassis bo‘lib yetishadilar. Ular IT xizmatlari, tarmoq xavfsizligi va axborot texnikasi sohalarida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lib, zamonaviy texnologiyalarni boshqarish va ularga xizmat ko‘rsatishda yetakchi bo‘ladilar.​

З0710ЗOЗ-Elektromontyor

bu yo‘nalishni o‘qigan talabalar elektr tizimlari va uskunalarini o‘rnatish, ta'mirlash hamda ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis bo‘lib yetishadilar. Ular sanoat, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida elektromontyor yoki elektr xavfsizligi mutaxassisi sifatida faoliyat yuritishadi. ​

30720210-Payvandlovchi (Elektrgazpayvandchi)

bu yo‘nalishni o‘qigan talabalar metallarni elektr va gaz yordamida payvandlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis bo‘lib yetishadilar. Ular qurilish, sanoat va transport sohalarida yuqori malakali payvandchi sifatida faoliyat yuritishadi.

30720707-Tikuvchi

bu yo‘nalishni o‘qigan talabalar kiyim-kechak tikish, ta’mirlash va bezash bo‘yicha mutaxassis bo‘lib yetishadilar. Ular tikuv sexlari, moda uylarida yoki shaxsiy biznesda faoliyat yuritib, sifatli va ijodiy mahsulotlar yaratishda yetakchi bo‘lishadi.